Grafik dizayn
Grafik dizayn
Mahsulot dizayniXizmat tavsifi
Grafik dizan xizmati - sizning g'oyangizni san'atga aylantiramiz!
Soff.uz da biz zamonaviy va kreativ grafik dizayn xizmatlarini taqdim etamiz. Har bir loyiha biz uchun alohida qadriyat bo'lib, unda sizning brendingizni yanada jozibador va professional ko'rsatishga intilamiz.
Xizmatlarimiz:
- Logotip va brend identifikatsiyasi yaratish.
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual materiallr.
- Reklama bannerlari va posterlar.
- Vizitkalar, katalog va buklet dizayni.
- Maxsus grafik yechimlar.
Bizning maqsadimiz - sizning maxsulotingizni vizual jihatdan kuchaytirish va mijozlaringizda unutilmas taassurot qoldirish.
Boshlash uchun kerak
📝 Grafik dizayn xizmati uchun mijoz brifi
1. Brend haqida
- Kompaniya/brend nomi nima?
- Faoliyat sohasi va maqsadli auditoriyangiz kimlar?
- Brendingiz qanday qadriyatlarni ifodalashi kerak (masalan: ishonch, innovatsiya, soddalik)?
2. Vizual talablar
- Sizda mavjud logotip yoki brend elementlari bormi?
- Qaysi ranglardan foydalanishni xohlaysiz? Qaysi ranglardan foydalanmaslik kerak?
- Maxsus shrift yoki uslub talabi bormi?
3. Kontent
- Dizaynda ishlatiladigan matn (slogan, reklama jumlasi, kompaniya haqida qisqa info)
- Rasmlar, illyustratsiyalar yoki ikonkalardan foydalanish kerakmi?
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun postlarda hashtag yoki linklar qo‘shilsinmi?
4. Ilhom va misollar
- Sizga yoqqan dizayn namunalarini ko‘rsata olasizmi (Pinterest, Behance, Instagramdan)?
- Raqobatchilaringizning ishlari orasida yoqqan yoki yoqmagan jihatlar bormi?
5. Texnik tafsilotlar
- Dizayn qaysi formatda kerak (PNG, JPG, PDF, PSD va h.k.)?
- O‘lcham va texnik parametrlar (masalan, banner uchun 1080×1080 px, vizitka uchun 90×50 mm)?
6. Tashkiliy masalalar
- Loyiha uchun belgilangan muddat?
- Byudjet doirasi?
- Aloqa usuli (email, Telegram, telefon)?
Nimalar kiradi
📦 Grafik dizayn xizmatlari paketlari 🔹 Basic paket • 1 dona logotip dizayni (oddiy variant) • Ijtimoiy tarmoqlar uchun 3 ta post dizayni • 1 dona reklama banneri • Muddat: 3 kun • Mos: kichik biznes va startaplar uchun 🔸 Standard paket • 1 dona logotip + brend ranglar palitrasi • Ijtimoiy tarmoqlar uchun 7 ta post/stori dizayni • 2 dona reklama banneri yoki poster • Vizitka dizayni • Muddat: 5–7 kun • Mos: faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar uchun 🔺 Premium paket • To‘liq brend identifikatsiyasi (logotip, ranglar, shriftlar, uslub qo‘llanmasi) • Ijtimoiy tarmoqlar uchun 15 ta post/stori dizayni • 3–4 dona reklama banneri/poster • Vizitka, katalog yoki buklet dizayni • Maxsus grafik yechim (mijoz talabiga ko‘ra) • Muddat: 10–14 kun • Mos: yirik kompaniyalar va professional brend imidji yaratmoqchi bo‘lganlar uchun
YORQIN MEDIA
Oxirgi faollik: 29-Noyabr 2025, 16:05


Fikrlar
tadan 0 ta ko'rsatilgan