Logotip tayyorlayman
Logotip tayyorlayman
LogoXizmat tavsifi
Men — kreativ yondashuvga ega logotip dizayneriman. Dizayn sohasidagi faoliyatim davomida ko‘plab brend va loyihalar uchun o‘ziga xos, original va funksional logotiplar yaratib kelaman. Mening asosiy maqsadim — mijozning g‘oyasini tushunib, uni kuchli vizual identitetga aylantirish.
Har bir logotipni shunchaki chiroyli rasm emas, balki brendning yuzini yaratish deb bilaman. Shu sabab, har bir buyurtmaga individual yondashaman, brend qadriyatlari, auditoriya va maqsadini chuqur o‘rganib, professional yechimlar taklif qilaman.
Ish jarayonida doimiy aloqa, aniqlik va sifatga katta e’tibor beraman. Mijozlarim uchun sodda, esda qolarli, zamonaviy va universal ishlatiladigan logotiplar yaratish — mening ustuvor vazifam.
Boshlash uchun kerak
Logotipni sifatli va brendingizga mos holda yaratish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
Brend nomi
Logotipda qanday nom yozilishi kerak.
Brend faoliyati
Sizning biznes yo‘nalishingiz, nima bilan shug‘ullanishingiz.
Brendning maqsad auditoriyasi
Kimlarga mo‘ljallangan: yoshlar, oilalar, ayollar, erkaklar, professional mijozlar va hokazo.
Istalgan logotip uslubi
Minimalist, premium, kreativ, klassik, modern va boshqalar (agar yo‘q bo‘lsa — o‘zim tavsiya beraman).
Ranglar bo‘yicha istaklar
Qaysi ranglarni xohlaysiz yoki xohlamaysiz.
Namuna logotiplar (agar bo‘lsa)
Sizga yoqqan dizaynlar misoli — yo‘nalishni aniq belgilashga yordam beradi.
Qo‘shimcha talablar
Slogan, ikonka kerak-kerak emasligi, geometrik yoki abstrakt uslub, maxsus belgilar.
Tayyorlangan logotip qaysi joylarda ishlatiladi
Instagram, Telegram, qadoq, banner, sayt, vizitka va hokazo.
Nimalar kiradi
2 ta boshlang‘ich konsept (variant) Mijoz tanlashi uchun turli uslubda logotip variantlari.
Tanlangan variantni mukammallashtirish Rang, font, shakl va detal bo‘yicha tuzatishlar.
Rang palitrasi Asosiy va qo‘shimcha ranglar to‘plami (Color palette).
Font tavsiyalari Brendga mos keladigan yozuv stili bo‘yicha tanlovlar.
Yuqori sifatli fayllar PNG (fon shaffof), JPG, PDF formatlarda topshiriladi.
Logo Black/White versiyasi Qoraytirib yoki oq qilib ishlatiladigan variantlar.
Doimiy aloqa va maslahatlar Ish jarayonida tavsiyalar, yo‘nalish tanlashda yordam.
Sotuvchi 2255
Oxirgi faollik: 05-Dekabr 2025, 20:11


Fikrlar
tadan 0 ta ko'rsatilgan