Men professional darajadagi logotip ishlab chiqaman
Men professional darajadagi logotip ishlab chiqaman
LogoXizmat tavsifi
Sizning biznesingiz uchun birinchi taassurot bu — logotip. Men sizning brendingiz mohiyatini ochib beruvchi zamonaviy va mijozlar xotirasida muhrlanib qoladigan professional logotiplar yaratib beraman.
Boshlash uchun kerak
Brend nomi: Logotipda yoziladigan aniq nom (masalan: "Soff Marketing").
Slogan (shior): Agar logotip ostida qisqa yozuv bo'lishi kerak bo'lsa (masalan: "Sifat kafolati").
Faoliyat turi: Kompaniya nima ish bilan shug'ullanadi? Maqsadli auditoriya kim? (Bu logotip uslubini belgilash uchun muhim).
Ranglar gammasi: Sizga yoqadigan yoki brendingizga mos deb hisoblaydigan 2-3 ta asosiy rang (masalan: ko'k va oq, tilla rang va qora).
Uslub (Style): Qanday yo'nalishni afzal ko'rasiz?
Minimalizm (oddiy va toza)
Abstrakt (shaklli)
Klassik/Vintage
Zamonaviy/Texnologik
Misollar (Referens): Sizga yoqqan 2-3 ta logotip rasmi yoki linki (bu sizning didingizni tushunishimga yordam beradi).
Logotipda nimalar bo'lishini xohlamaysiz? (Masalan: "Qizil rang ishlatilmasin" yoki "Hayvon tasviri bo'lmasin").
Xizmat talablari uchun shablon fayl
Fayllarni yuklab olishNimalar kiradi
Logotipingiz futbolka, kepka va ishchi kiyimlarida qanday ko'rinishini ko'rsatib beraman. Restoran va Kafe atributlari: Logotipning menyu, salfetka va peshlavhalardagi ko'rinishi. 3 xil noyob dizayn varianti: Sizga tanlash uchun bir-biridan farq qiluvchi uchta g'oya taqdim etiladi. (AI, EPS, PDF): Logotipni sifatini yo'qotmasdan har qanday o'lchamda chop etish imkoniyati. Shaffof fonli PNG rasm logotipni ijtimoiy tarmoqlar va saytlarga joylashtirish uchun qulay format. Brendingiz uchun ishlatilgan maxsus rang kodlari va shrift nomlari.
Baxtiyor Xudoykulov
Oxirgi faollik: 28-yanvar 2026, 18:37


Fikrlar
tadan 0 ta ko'rsatilgan